Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Huquqiy savodxonlik

 

2019 yil 11 iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida “huquqiy savodxonlik” kuniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

2019 yil 11 iyun kuni viloyat statistika boshqarmasining bir qator xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy sohani yanada jadal rivojlantirishga oid 2019 yil 23 maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4335, 2019 yil 30 maydagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4348-sonli qarorlari hamda 2019 yil 7 iyundagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartib taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5739-sonli farmoniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini boshqarmaning birinchi o‘rinbosari E.Tashbekov ochib, barchani ushbu xujjatlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirib, xujjatlarning statistika sohasi bilan bog‘liq tomonlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

         Shundan so‘ng, qatnashchilar birin-ketin ushbu xujjatlar bo‘yicha  o‘z fikr-mulohazalarini bildirishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha davraga murojaat etishdi. Har bir savol o‘zaro muhokamada bo‘lib, qizg‘in mulohazalarga sabab bo‘ldi. Tadbir so‘ngida, E.Tashbekov bugungiday o‘zaro muloqot ko‘rinishida olib borilgan suhbat, har bir xodimning fikr doirasini kengaytirishda asosiy omil bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. 

Tugmani bosing Tinglash