So'nggi yangiliklar

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Qo‘qon shahrining tashqi savdo aylanmasi hajmi 89,7 mln. AQSh dollariga yetdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha ijara sohasida ko‘rsatilgan  xizmatlar hajmi 145,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.  Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,6 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 8-may kuni Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Avazxonov tomonidan Farg‘ona tumani, “Yuqori Vodil” MFY “Yaxshi niyat” ko‘chasi 156-uyida istiqomat qiluvchi A.Umrzoqovlar xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. 

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Farg‘ona shahrining tashqi savdo aylanmasi hajmi 67,6 mln. AQSh dollariga yetdi.

2024- yilning yanvar-mart oylari holatiga Qo‘qon shahrining doimiy aholisi soni 309 501 kishini tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,5 %ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha yashah va ovqatlanish sohasida ko‘rsatilgan  xizmatlar hajmi 191,0 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 

Joriy yilning 7-may kuni Quva tumanidagi 30- umumiy o‘rta ta’lim maktabining oyuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Oltiariq tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 125 korxona va tashkilotlar tomonidan 62,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Аholini ro‘yxatga olish doirasida shaxslarning iqtisodiy xususiyatlariga oid statistik maʼlumotlarni to‘plash zarurati ko‘plab sabablarga bog‘liq.

2024-yilning yanvar-mart oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlari hajmi 168,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,1 %ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar- mart holatiga, Oltiariq tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 367 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. Otgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 107,1 %ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga bino va inshootlarni qurilish ishlariga jami 1370,1 mlrd. so‘m mablag‘ sarf qilindi.

2024-yilning yanvar-mart oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 148,7 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,0 %ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Qo‘shtepa tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 76 korxona va tashkilotlar tomonidan 121,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. 

2024-yilning yanvar-mart oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan ta’lim xizmatlari hajmi 266,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Farg‘opna viloyati bo‘yicha aholi jon boshiga bajarilgan qurilish ishlari hajmi 480,8 ming so‘m miqdorida qayd etildi. 

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov tomonidan Bag‘dod tumanidagi “Matqulobod” MFY, “Yuksak” ko‘chasi, 5- uyda istiqomat qiluvchi A.To‘ychiyevlar oilasi xonadonida uy xo‘jaligi kuzatuvi o‘tkazildi.

2024-yilning yanvar-mart oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan savdo xizmatlari hajmi 375,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.