02/05/2024

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko‘proq tajriba orttirishga imkon beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo‘ladi.Viloyatda bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2024- yil yanvar-mart oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 393,1mln. AQSH dollariga yetdi va 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 46,1mln. AQSH dollariga yoki 10,5 %ga kamaydi.