03/05/2024

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Farg‘ona tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 110 korxona va tashkilotlar tomonidan 60,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 86,6 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 15,3 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 18,1 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 26,8 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 46,9 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 271,2 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 34,2 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 25,1 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 0,9 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.