03/05/2024

2024-yil yanvar-mart oylari yakuni bo‘yicha 71,9 mln. AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 53,7 %ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 6,1 %ga ko‘paydi. Yil boshidan 91 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 22 ta davlatiga eksport qilindi.

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida
Paxta ip - 48,3 mln. AQSH dollari
Trikotaj mato - 2,9 mln. AQSH dollari
Tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari - 13,2 mln. AQSH dollariga to‘g‘ri keldi.