Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Davra suhbatini viloyat statistika boshqarmasining birinchi o`rinbosari E.Tashbekov olib bordi. Davra suhbati avvalida E.Tashbekovning "Til - davlat timsoli, mulki" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.

Ta'kidlandiki, til millatning ajralmas xususiyati va u davlat suverenitetini belgilab beradi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida belgilab qo`yilganidek, O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir. Bosh Qomusimizda davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo`yilgan.

Har bir davlat, millatda til bu davlat timsoli, mulki hisoblanadi. Ona tilini asrab avaylash, yuksaklarga ko`tarish har bir o`z vatanini sevgan kishining  muqaddas burchidir desak, aslo mubolag`a bo`lmaydi. Chunki til millat ko`zgusi, uning urf-odatlari, madaniyati va ma'naviyatini o`zida aks ettiruvchi muomala vositasidar. Ona tili millatning eng muhim qadriyati, ma'naviy boyligidir.

          Hozirgi kunda o`zbek tilida qariyb 40 millionga yaqin kishi so`zlashadi. Afg`onistonda o`zbek tili rasmiy til sifatida tan olingan. Rasmiy ma'lumotlarga ko`ra, hozirda Qirqizistonning 15, Tojikistonning 13, Turkmanistonning 6, Qozog`istonning 4 foiz aholisi o`zbek tilini o`z ona tili deb biladi.

Kishilar  bir-birlari  bilan  til  orqali  o`zaro  munosabatda  bo`ladilar,  bir-birlariga fikr  va istaklarini  yetkazadilar.  Alisher  Navoiy  tilning  faqat  insonlarga  xos  hodisa ekanligini ta'kidlab,  "Insonni  so`z  ayladi  judo  hayvondin,  Bilkim  guhari  sharifroq  yo`q ondin", deganlar.

1989 yil 21 oktabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.

O`tgan o`ttiz yilda mamlakatimizda o`zbek tilida so`zlashadigan aholi soni 1989 yilgi 72 foizdan 90 foizga ortdi.

Mustaqillik  sharofati  bilan  o`zbek  tili  -  davlat  tiliga  e'tibor  kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqei kengaydi. O`zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to`g`risida qamxo`rlik  qilinib, bir  qancha  qarorlar  qabul  qilindi.  1995  yilning  21 dekabrida O`zbekiston  Respublikasining  yangi tahrirdagi  "Davlat  tili  haqida"  gi  Qonuni  e'lon qilindi.  Bu  Qonun  24  moddadan  iborat.

XV-XVI asrlarda Sakkokiy, Durbek, Lutfiy va Navoiy kabi shoirlar o`z asarlarida yagona eski o`zbek adabiy tilining rivojlanishi tendensiyasini boshlab berdilar. Ayniqsa, buyuk bobomiz Alisher Navoiy o`zining juda katta adabiy va ilmiy merosi hisoblanmish "Chor devon", "Xamsa" kabi poetik, "Mahbubul qulub", "Xamsatul mutaxayyirin", "Muhokamatul lug`atayn" kabi o`nlab prozaik asarlari bilan bu jarayonni yuqori cho`qqiga olib chiqdi.

Bobomiz Alisher Navoiy o`zbek madaniyati, adabiyoti, tilining rivojlanishi tarixida yuksak o`rinni egallaydi. Navoiy o`zbek adabiyotini klassik darajaga ko`tardi. Navoiy yashagan davrda turkiy ijodkorlarning ko`pchiligi fors tilida ijod qilishar edi. Aynan Navoiy birinchilardan bo`lib, o`z

ta'biri bilan aytganda, turk olamini butunligicha, to`laligicha bir adabiy tilda so`zlaydigan qilishga jazm etdi va bunga erishdi ham. Buyuk shoir hozirgi o`zbek adabiy tilining shakllanishiga tamal toshini qo`yib berdi.

Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, mustaqillik yillarida 80 mingdan ziyod so`z va so`z birikmalari, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalar, shevalarda qo`llanadigan so`zlarni o`zida mujassamlashtirgan 5 jildlik "O`zbek tilining izohli lug`ati" ning yaratilishi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilishi ona tilimizni yuksaltirish borasidagi muhim qadam bo`ldi.

2019 yilning 4 oktabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida" gi Qonuni qabul qilinganining o`ttiz yilligini nishonlash to`qrisida" gi PQ-4479-son qarori bilan barcha shahar va tumanlarda keng miqyosda bir qator ommaviy madaniy-ma'rifiy bayram tadbirlari o`tkazilmoqda. Barcha yerda bo`lganidek, bizning viloyatimizda ham bu tadbir yuqori darajada tashkillashtirilmoqda.

 

Shundan so`ng, so`zga chiqqan davra suqbati ishtirokchilari mavzu bo`yicha o`z mulohazalarini bildirishib, o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan davraga murojaat etishdi. Har bir savol o`rtaga tashlanib, ishtirokchilar o`rtasida qizg`in munozaralarga sabab bo`ldi.

Umuman, bugungi davra suhbati barcha ishtirokchilar uchun qiziqarli tarzda o`tdi.

Joriy yilning 9 оktyabr kuni Quva tumanida tuman hokimligida  tuman statistika bo’limi xodimlarin tomonidan "O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi "O’zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro’yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasi tasdiqlash to’g’risida"gi PF-5655-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, aholini  ro’yxatga olishni tashkil etish va o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish" mavzusida seminar o‘tkazildi.  

Joriy yilning 07 oktabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining    2019 yil 5 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida» gi farmonini  Rishton tuman 31-o’rta maktabi xodimlariga tanishtirish maqsadida, tuman statistika bo`limi xodimlari ishtirokida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Joriy yilning 09 oktabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida» gi farmonini Buvayda tumanidagi 17-umumiy o'rta ta'lim maktab xodimlariga tanishtirish maqsadida, tuman statistika bo`limi xodimlari ishtirokida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Joriy yilning 7 oktabr kuni Oltiariq tumani irrigatsiya bo'limi rahbar va hodimlari  uchun "O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro’yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Tugmani bosing Tinglash