Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

2019 yil 27 fevral kuni viloyat statistika boshqarmasida Farg’ona viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasining malakali hodimlari ishtirokida “Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida” mavzusida o’quv - seminari bo’lib o’tdi. Tadbirda hududiy birlashma rais o’rinbosari-matbuot, axborot, jamoatchilik bilan ishlash sektori boshlig’ G’ayratjon Mamatqulov so’z olib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5430-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 414-sonli qarorlari asosida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar to’g’qisida ishtirokchilarni atroflicha tanishtirib o’tdi. O’quv-seminari so’ngida tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga ma’ruzachi tomonidan amaliy misollar tarzida javoblar qaytarildi.

Tugmani bosing Tinglash