Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

      Davra suhbatida, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
      Shu bilan birga, joylarda korruptsiyaga qarshi kurashish va korruptsiya holatlarining oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yetarli darajada tashkil etilmayotganligi tanqidiy tahlil etildi.
      Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etishlari va sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishi holatlarini oldini olish borasida doimiy ravishda maxsus seminarlar, davra suhbatlari va tushuntirish ishlarini davom ettirish hamda statistika tizimi xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama etilib, bu borada nazorat ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
      Davra suhbatida viloyat statistika boshqarmasi hodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari qatnashdilar.

Tugmani bosing Tinglash