Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 25–26 aprel kunlarida 2019 yil may oyida Farg’ona viloyati  Oltiariq tumanida dehqon (shaxsiy yordamchi) xо‘jaliklarida tajriba tariqasida yer uchastkalari egalari tanlama kuzatuvini tashkil etish va о‘tkazish mavzusida maxsus tuzilgan ishchi guruh a’zolari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahalla faollari ishtirokida Farg’ona viloyat statistika boshqarmasida hamda Oltiariq tumani hokimligi binosi majlislar zalida о‘quv seminarlari bо‘lib о‘tdi. O’quv-seminarlarda Davlat statistika qo’mitasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zosi, Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlari bo’limi boshlig’i o’rinbosari A.Kadirov bevosita ishtirok etdi.

Tanlanma kuzatuvni tashkil etish va о‘tkazishning asosiy maqsadi, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “PQ-3165-son qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi”ning 23-bandida hamda mazkur dastur ijrosi yuzasidan Davlat statistika qо‘mitasining 2017 yil 25 sentabrdagi 01/1-01-8-84-son Harakatlar rejasida belgilangan vazifalar, Davlat statistika qо‘mitasining 2019 yil  4 yanvardagi 1-son buyrug‘i hamda Farg’ona viloyat statistika boshqarmasining    5 yanvardagi 2-F-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash, hamda qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashda aholining ishtirokini tavsiflovchi muhim kо‘rsatkichlarni shakllantirish uchun 2020 yilda qishloq xо‘jaligi yer uchastkalari egalari mikro rо‘yxatini sifatli о‘tkazishga tayyorgarlik kо‘rish  hisoblanadi.

Shuningdek:

- qishloq xо‘jaligining holati va tarkibi tо‘g‘risidagi axborot resurslarini shakllantirish, uning mavjud va resurs salohiyatidan foydalanish;

- qishloq xо‘jaligi sohasida statistik hisob tizimini takomillashtirish;

- statistik kо‘rsatkichlarni hisoblashda asosiy baza sifatida foydalaniladigan qishloq xо‘jaligini batafsil tavsiflovchi ma’lumotlarni olish;

- xalqaro taqqoslashlar uchun axborotlar bazasini kengaytirish.

Tanlanma kuzatuvning asosiy vazifalari:

- qishloq xо‘jaligi statistikasi bо‘yicha kо‘rsatkichlar tizimini kengaytirish;

- dehqon (shaxsiy yordamchi) xо‘jaliklari faoliyati tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishni tashkil etish usullarini takomillashtirish;

- qishloq xо‘jaligi hisob-kitoblari va tahlilining sifatini tubdan oshirish uchun zarur bо‘ladigan axborotlar asosini yaratish hisoblanadi.


Tanlama kuzatuvlar Farg’ona viloyati statistika boshqarmasining 2019 yil 5 yanvardagi 2-F-son buyrug‘iga asosan shu yil 6-20 may kunlarida Oltiariq tumanidagi “Oqbo’yra”, “Povulg’on”, “Uzumchi”,“Navbaxor”, “Yangiqo’rg’on”, “Mustaqillik” va  “G’ayrat” mahalla fuqarolar yig‘inlarida о‘tkazilishi belgilangan.

Tanlama kuzatuvlarni о‘tkazish uchun tumandagi mavjud 72 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 7 tasi, jami 36268 ta dehqon (shaxsiy yordamchi) xо‘jaliklaridan 4154 tasi (11,5 foiz) tanlab olindi.

Tanlanma kuzatuvni o’tkazishda tanlab olingan mahalla fuqarolar yig’inlarida targ’ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

 Qishloq xо‘jaligi va ekologiya statistikasi bо‘limi.

 

Tugmani bosing Tinglash