Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Prezidentimizning 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishda muhim  dasturiamaldir.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish ishlari keng qamrovli tadbir bo‘lib, ushbu jarayonda ketma-ket hamda bir vaqtning o‘zida tegishli vazifalarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan bosqichlar nazarda tutiladi. Bu borada barcha sa’y-harakatlarni umumlashtiruvchi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi. Aholini ro‘yxatga olish – davriy oraliqda mamlakat hududidagi va uning kichik aholi punktlaridagi barcha aholining ijtimoiy va demografik tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishdir. Bu tadbir umumiy ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish jarayonlari, shuningdek, demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni baholash va e’lon qilish hamda tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Aholini ro‘yxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi? Bu orqali aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat va iste’mol mahsulotlari hamda aholiga ko‘r-satiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) hisoblashda foydalaniladi.

Ayni jarayonda mamlakatimizning har bir hududida yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ish muhim ahamiyatga ega. Aholini ro‘yxatga olishda yana bir muhim vazifani bajarish ko‘zda tutilgan. Bu – hududlarda xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish bilan bog‘liq. Turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddati tugagan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududda uy-joy, sanoat ob’ektlarini qurish va ta’mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, belgilangan vazifalar to‘liq hamda sifatli bajarilishi orqali respublikaning yangi va mukammal kadastr xaritasi yaratiladi.

Farmon bilan tasdiqlangan kontseptsiyaga ko‘ra mamlakatimizda 2022 yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Kontseptsiya 8 bob, 29 banddan iborat bo‘lib, unda mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.

 

Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i

S.R. Shamshidinov

Tugmani bosing Tinglash