Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

O’zbekistonda Mustaqillik yillari davomida aholini ro’yxatga olish to’g’risidagi qonun qabul qilinmagan bo’lsada, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 yilda O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yxatga olish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida"gi Farmoni 2019 yil 5 fevralda qabul qilindi. Shunday qilib, prezident farmoniga ko’ra, O’zbekistonda aholini ro’yxatga olish 2022 yilda amalga oshiriladi.

Aholini ro’yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo’lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarni yig’ish, umumlashtirish, baxolash, taxlil qilish va e'lon qilishning yagona jarayonini o’z ichiga olib, aholi to’g’risidagi ma'lumotlarning asosiy manbai xisoblanadi va u kelgusi 10 - 30 yillik rivojlanishning prognoz ko’rsatkichlarini xisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy ximoyaga muxtoj qatlamlariga yordam  ko’rsatish bo’yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma'lumotlarni olish imkonini beradi. U aholi sonini ishonchli xisoblash, shuningdek, aniq belgilab qo’yilgan yagona xisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy axvoli, ma'lumoti darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi xamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlari bo’yicha yakka tartibda xisobga olish va batafsil tavsiflashning universal usulini ishga solgan xolda rasmiy statistika tizimida asosiy rol o’ynaydi.

 

 

Quva tuman statistika bo’limi

boshlig’i: I.Maxsudov

Tugmani bosing Tinglash