Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning, 22-oktabr kuni Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig’ining birinchi o'rinbosari, E.Tashbekov hamda boshqarma xodimlari ishtirokida, Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin kurashish va uning oldini olish borasida aniq choralar ko’rilayotganligi to’g’risida tushunchalar berdi.

Xususan, O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida belgilanganligini aytib o’tdi.

Shuningdek, Prezidentimizning 2019-yil 27-maydagi, “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PF-5729-son farmoni bilan tasdiqlangan, 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturida organ xodimlarining korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faol dunyoqarashi va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini shakllantiradigan, chora-tadbirlar nazarda tutilganligini alohida ta’kidlandi.

Qizg’in va konstruktiv ruhda o’tgan seminarda, ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurash borasida o’zlarining bilimlarini namoyon qilib, mazkur muammoni bartaraf etishdagi taklif va tavsiyalarini bayon etishdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash