Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

 Joriy yilning 22-oktabr kuni Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida, shahar statistika bo‘limi boshlig‘i Q.Sodiqov raisligida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevralda PF-5655-sonli farmonida belgilab qo‘yilgan topshiriq va vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlashga bag’ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

 Seminarda, Viloyat statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimi, G’.Mamajonov so‘zga chiqib, O’RQ-611-sonli Qarorining mazmun mohiyati va uning istiqbollari haqida tushunchalar berdi.

Xususan, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko’lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli ma'lumot shakllanadi;

Birinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini) hisoblashda foydalaniladi.

Ikkinchidan, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

Uchinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda muhum o‘rin tutadi.

 Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash