Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi 841-son qarori bilan tasdiqlangan 2030 yilgacha bo`lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo`yicha “YO`L XARITASI”ga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasiga Milliy BRM veb-saytini yaratish vazifasi yuklatilgan edi.

Ushbu topshiriqning ijrosini ta`minlash, shuningdek, Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlarining bajarilishini monitoring qilish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi ko`magida Milliy BRM veb-sayti ishlab chiqildi.

Mazkur veb-sayt O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan BMTning xalqaro darajada qabul qilingan ko`rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan barqaror rivojlanish maqsad va vazifalarini bajarilishini kuzatib borish imkonini beruvchi axborot resurslaridan markazlashgan holda foydalanish uchun mo`ljallangan.

Hozirgi vaqtda veb-sayt http://nsdg.stat.uz manziliga joylashtirilgan bo`lib, test rejimida ishlamoqda.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash