Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 20-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2019-yilning 14-15 noyabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida “Statistika uchun raqamli kun tartibi: samaradorlik, sifat va shaffoflik” mavzusi bo’yicha xalqaro konferentsiya natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Mazkur taqdimotda Davlat statistika qo‘mitasi Aholi, demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Z.Xudayarova xizmat safari davomida olgan ma'lumotlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Taqdimot davomida aholini elektron ro'yxatga olish, statistikada raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyotni o'lchash, Barqaror Rivojlanish Maqsadlari ko'rsatkichlarini monitoring qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, MDH davlatlarida aholini elektron ro'yxatga olish tajribalari muhokama qilindi.

Taqdimot davomida yuqoridagi mavzular bo‘yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan  fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

www.stat.uz

Tugmani bosing Tinglash