Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 2 may kuni Davlat statistika qo`mitasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligini ta`minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4273-sonli qarori doirasida O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma`lumotlar portalida davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar to`plamlari ro`yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning o`z vaqtida aks ettirish yuzasidan tashkil etilgan Ishchi guruhining ikkinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Mazkur yig`ilishda, mamlakatimizning vazirlik va idoralaridan 70 nafar mas`ul xodimlari ishtirok etdi.

Yig`ilish davomida  “Ochiq ma`lumotlar global indeksi” va “Ochiq ma`lumotlar barometri” talablariga muvofiq, ma`lumotlarning ochiqligi holatini o`rganish, O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portalida tegishli indikatorlarni joylashtirish hamda ma`lumotlarning sifatini yaxshilash va sonini oshirish uchun mas`ul vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

 

Axborot xizmati

2019 yil 29 aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida Milliy hisoblar zamonaviy tizimini statistika amaliyotiga joriy etish masalalari bo`yicha idoralararo ishchi guruhining yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Ushbu yig`ilishda Davlat statistika qo`mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Markaziy bankning vakillari ishtirok etdilar.

Yig`ilishni Davlat statistika qo`mitasining raisi B.Begalov ochib berdi hamda milliy hisoblar zamonaviy tizimini joriy etishning asosiy yo`nalishlariga to`xtalib o`tdi. Shundan so`ng, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig`i A.Mamirov O`zbekistonda milliy hisoblar tizimining hozirgi holati bo`yicha yig`ilish qatnashchilariga taqdimot qildi. Taqdimotda yalpi ichki mahsulot qamrovini oshirish, “Milliy hisoblar tizimi – 2008” xalqaro standartining yangi qoidalarini amaliyotga joriy etish, Xalqaro taqqoslashlar dasturining navbatdagi global raundida ishtirok etish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Shuningdek, yig`ilishda idoralararo ishchi guruhi vakillari tomonidan O`zbekistonda milliy hisoblar tizimining hozirgi holati va muammoli masalalar muhokama qilindi hamda kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Axborot xizmati

Joriy yilning 27 aprel kuni “Davlat statistika qo`mitasi kubogi – 2019” mini-futbol musobaqasi bo`lib o`tdi. Mazkur musobaqa, Davlat statistika qo`mitasi, Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti hamda O`zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan kasaba uyushmasi qo`mitasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda qo`mitaning Markaziy apparati, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi hamda hududiy statistika boshqarmalari jamoalari o`zaro bellashishdi.

Bunday tadbirlar, o`z navbatida, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, jismonan baquvvat va ma`nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi. Shuningdek, qo`mita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o`zaro hamjihatlik, birdamlik va do`stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.

Mini-futbol musobaqasi yakunida g`oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg`alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Mazkur mini-futbol musobaqasida Farg`ona viloyat statistika boshqarmasi jamoasi bosh sovrinni qo`lga kiritdi. Ikkinchi o`rinni Andijon viloyati statistika boshqarmasi va uchinchi o`rinni qo`mita markaziy apparati jamoalari egalladi.

Axborot xizmati

Joriy yilning 25 aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligini ta`minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4273-sonli qarori doirasida O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma`lumotlar portalida davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar to`plamlari ro`yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning o`z vaqtida aks ettirish yuzasidan tashkil etilgan Ishchi guruhining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Mazkur yig`ilishda, mamlakatimizning 50 ta vazirlik va idoralarning mas`ul xodimlari ishtirok etdi. Yig`ilish davomida  “Ochiq ma`lumotlar global indeksi” va “Ochiq ma`lumotlar barometri” talablariga muvofiq, ma`lumotlarning ochiqligi holatini o`rganish, O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portalida tegishli indikatorlarni joylashtirish hamda ma`lumotlarning sifatini yaxshilash va sonini oshirish uchun mas`ul vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Axborot xizmati

2019 yilning 28 mart  kuni Davlat statistika qo`mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich tomonidan Toshkent viloyatining Bo’ka tumanida navbatdagi sayyor qabul o`tkazildi.

Sayyor qabul tadbiri Bo’ka tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unga tumandagi jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qatnashdi.

Sayyor uchrashuvda qo`mita Raisi B.Begalov tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad, joriy yilda qo`mita rahbariyati va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari joylarda xalq vakillari bilan ko`proq uchrashuvlarni tashkil etishga va ularning faoliyatlarida statistika sohasi yo`nalishlarida amaliy yordam berishga alohida etibor qaratilishini ta`kidlab o`tdi.

Sayyor qabul uchrashuvida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari o`zlarini qiziqtirgan boshqa ko`plab savollarga javob oldilar.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash