Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yil 25-mart kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovichning Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT) Кomissiоneri o’rinbosari janob Song Vuk Choy boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv jarayonida, aholini ro'yxatga olish amaliyotini o'rganish va tajriba almashish, Koreya milliy statistikasini rivojlantirishning strategik rejasi, shu jumladan, statistika xizmatini ko'rsatishning zamonaviy usullari bilan bog’liq bo’lgan masalalar muhokama qilindi.

Tashrif davomida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida bir qator seminarlar o`tkazilаdi.

        Axborot xizmati 

Joriy yilning 6-8 mart kunlari Bangkok (Tailand) shahrida Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) tomonidan tashkillashtirilgan “Katta hajmdagi ma`lumotlardan (Big Data) foydalanib, Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bog`liq ko`rsatkichlarni chuqurroq tahlil qilish” bo`yicha 14 ta mamlakat (O`zbekiston, Filippin, Xitoy, Sharqiy Timor, Vetnam, Shri-Lanka, Tailand, Nepal, Myanma, Laos, Indoneziya, Bangladesh, Mongoliya, Maldiv) statistika idoralari, shuningdek, Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) vakillari ishtirokida o`quv seminar o`tkazildi.

2019 yil 27 fevral kuni soat 10:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzusida “Davra suhbati” bo`lib o`tdi.

Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasi, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi xodimlari, Muhammad al-Xorazmiy  nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o`qituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida ta`kidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 31 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori soha faoliyatini yangi bosqichga ko`tarish, statistika axborotlarini yig`ish, to`plash, saqlash, qayta ishlash hamda ularni Internet tarmog`i, ommaviy axborot vositalari va mahalliy telekanallar orqali keng tarqatishni yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, bugungi “Axborot asri”da statistik axborotlarning erkinligi, oshkoraligini ta`minlash, mamlakatimizning rivojlanish ko`rsatkichlarini xalqaro statistik to`plamlarda chop etish hamda turli yo`nalishdagi reytinglarda aks ettirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Shundan kelib chiqib, xalqaro statistik, iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.

Ta`kidlanganidek, qaror ijrosini ta`minlash yuzasidan Davlat statistika qo`mitasida kompleks chora-tadbirlar dasturi, nazorat rejasi va vazifalarning har bir bandi ijrosi bo`yicha xarakat rejalari ishlab chiqildi. Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparati va hududiy bo`linmalari tarkibi qaytadan ko`rib chiqilib, qo`mita markaziy apparati tarkibida yangi boshqarmalar tashkil etildi. Statistik axborotlarning maksimal darajada ochiqligini ta`minlash maqsadida e`lon qilinadigan ko`rsatkichlar tarkibi qayta ko`rib chiqilib, kengaytirildi. Qo`mitaning rasmiy veb-sayti tahliliy ma`lumotlar, byulletenlar, doklad va press-relizlar bilan muntazam ravishda boyitib borilmoqda.

Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasining mas`ul xodimlari tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan boshqa savollarga ham atroflicha javob qaytardi.

Axborot xizmati

Rasmiy statistika - har qanday davlat axborot tizimining muhim elementi bo'lib, hukumat, iqtisodiyot va jamoatchilikni iqtisodiy, demografik, ijtimoiy va ekologik vaziyat haqida ma'lumot beradi. Milliy statistika tizimlari Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish uchun mamlakatlarning rivojlanishini baholashda muhim rol o'ynaydi.

Bugun Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) O'zbekistonda xalqaro statistika standartlari va eng yaxshi amaliyotlarni amalga oshirish bo'yicha hisobot e'lon qildi.

Hisobot BMT YIKning O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi, Yevropa ittifoqining statistika xizmati (Eurostat) hamda Yevropa erkin savdo uyushmasi (EFTA)lar bilan hamkorlikdagi 2018 yilning otyabr-noyabr oylarida o’tkazgan o’rganishi natijasida tayyorlangan.

Hisobotda BMT YIKning statistika bo'yicha mintaqaviy maslahatchisi boshchiligidagi xalqaro tashkilotlarning ekspertlari guruhi tomonidan berilgan sharh va tavsiyalar mavjud. U uchta asosiy yo'nalishni qamrab oladi: Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistikasini asosiy prinsiplariga rioya qilish, institutsional masalalar va statistik faoliyatning asosiy yo'nalishlari, jumladan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) statistikasi.

Xalqaro ekspertlar O'zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimining rivojlanish darajasiga yuqori baho berishdi. So'nggi yillarda statistik ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va xalqaro standartlarni joriy etish borasida katta sa'y-harakatlar amalga oshirildi. Ba'zi sohalarda xalqaro standartlar va eng yaxshi amaliyotlarning eng so'nggi andozalariga to'liq mos kelishini ta'minlash uchun ba'zi ishlar qilish kerak, lekin aksariyat jabhalarda islohotlar boshlangan va yaqin kelajakda bu o’z samarasini beradi albatta.

Xalqaro ekspertlar tomonidan aniqlangan eng katta muammo, bu - O'zbekistonda aholini ro’yxatga olishning so’ngisi 1989 yilda o'tkazgan. Aholini ro'yxatga olish iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlarni o'lchash uchun asosiy demografik ma'lumotlar manbai sifatida muhimdir. BRMga erishish jarayonini kuzatishda аvvalo aholining demografik ko’rsatkichlari muhim hisoblanadi. Shu bois, hisobotda keltirilgan 57 ta tavsiyalarning eng muhimlaridan biri, 2022 yilda bo’lib o’tadigan aholini ro'yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko'rish, yuqori saviyada tashkil etishga eng asosiy masalalardan biri sifatida e’tibor qaratish va to'liq qo'llab-quvvatlanishdir.

BMT YIK boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Davlat statistika qo'mitasi bilan ushbu samarali hamkorlikni rivojlantirishga umid qiladi. Hisobotda bayon etilgan tavsiyalarni amalga oshirish va O'zbekiston milliy statistika tizimini yanada mustahkamlash bo'yicha ishlarni amalga oshirishda hamkorligimiz zarur, bu borada chora-tadbirlar to'g'ri amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasida xalqaro statistika standartlari va ilg'or tajribalarni amalga oshirish bo'yicha birgalikda o’tkazilgan o’rganishni quyidagi manzilda ko’rish mumkin: Havola

Joriy yilning 11-fevral kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv  bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasi va Jahon banki o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek,  uchrashuv davomida ikki tomonlama yanada samarali hamkorlik qilish maqsadida memorandum imzolandi.

Uchrashuv yakunida Jahon banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.

                                                                                                                                                       Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash