Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Xalqaro “Armiya 2020” harbiy oʼyinlari joriy yil 25 avgust sanasidan 3 sentyabrga qadar boʼlib oʼtadi. Shu kunlarda qura tashlash marosimi oʼtkazilib, jamoalar bellashuv grafiklari eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Eʼtirof etish kerak, musobaqalar doirasidagi barcha harakatlar karantin va sanitariya-gigiena talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilmoqda.

18 avgust kuni Sharqiy harbiy okrug shtabi tomonidan Rossiya va Belorusiya terma jamoalari aʼzolarini tantanali kutib olish marosimi tashkillanib, mehmonlarga oʼzbekona lutf bilan non va shirinliklar ulashildi. Soʼngra ular musobaqalar boʼlib oʼtadigan manzilga kuzatildi.

Rossiya va Belorusiya terma jamoalari vakillari oʼrtasidagi musobaqalar Sharqiy harbiy okrugining Qoʼqon shahridagi harbiy qismlaridan birida boʼlib oʼtadi.

Mehmonlar viloyatimizning diqqatga sazovor, turistik obʼektlariga tashrif buyurdilar. Shundan soʼng, Qoʼqon shahrida joylashgan harbiy qismda bunyod etilgan Xotira maydonida Vatan uchun jonini fido qilgan yurtimizning mard va jasur oʼgʼlonlari xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Xalqaro miqyosdagi mazkur musobaqalarni yuqori saviyada oʼtkazish uchun viloyat hokimligi hamda Sharqiy harbiy okrug qoʼmondonligi tomonidan katta hajmdagi tashkiliy va tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.

Harbiy qismda Fargʼona vodiysidagi tarixiy maskanlarni oʼzida ifodalovchi kompozitsiya tashkil qilindi. Ushbu moʼʼjaz majmua mehmonlarda, qolaversa, barcha yigʼilganlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash