Joriy yilning 15-sentyabr kuni Farg‘ona viloyatining 14 ta tumanida paxta terimchilari o‘rtasida "Eng yaxshi va ko’p paxta terish" musobaqasi tashkil qilindi. Bunda 42 ta terimchi ishtirok etib soat 8:00 dan kech soat 17:00 gacha bo‘lgan vaqt ichida Yozyovon va Oltiariq tumani vakillari Hakima Halilova va Fotima Ubaydullayevalar har ikkalasi ham 250 kilogrammdan paxta terib, birinchi o‘rinni egallashdi.
Shuningdek, musobaqa qatnashchilaridan Beshariq va Dang‘ara tumanlaridan O‘g‘iloy Qobilova, Gulnoza Abdurahimovalar 229, 223 kilogrammdan paxta terishib ikkinchi o‘rinni egallashgan bo’lsa, Quva va Furqat tumanlaridan, qatnashgan E’zoza Ortiqova hamda Saida Egamnazarovalar 208 va 201 kilogrammdan paxta terishib uchunchi o‘rin sohibi bo’lishdi. Musobaqa ishtirokchilariga viloyat xokimligi tomonidan birinchi o‘rin sohiblari 10 mln so‘mdan, ikkinchi o‘ringa 7 mln so‘mdan, uchunchi o‘rin egalari 5 million so‘mdan pul mukofoti bilan tag’dirlanishdi.
Axborot xizmati