Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech
Надрукувати

Fargʼona viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʼrganilmoqda. Аholidan mavsumda tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti borasida koʼp eʼtirozlar kuzatiladi. Xoʼsh, joriy yilda mazkur muammolar oʼz yechimini topadimi?

Ishchi guruh isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti holati bilan tanishdi. Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan mutasaddilarga tegishli koʼrsatma va topshiriqlar berildi.

Suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga gaz ballonlarini oʼz vaqtida va sifatli yetkazib berish lozim. Bu borada gaz ballon uskunalarini mahalliylashtirish ishlarini boshlash kerak. Buning natijasida gaz ballon zaxiralarini yanada koʼpaytirishga, bu esa isteʼmolchilarga gaz ballonlarini oʼz vaqtida hamda uzluksiz yetkazib berilishiga xizmat qiladi, – dedi Energetika vaziri, shtab boshligʼi Аlisher Sultonov.

Viloyat isteʼmolchilariga 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida jami 1717,2 million kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Bu oʼtgan mavsumga nisbatan 241.5 million kub metrga yoki 16,4 foizga koʼp.

Fargʼonada tabiiy gaz isteʼmolchilari soni 320 ming 362 ta boʼlib, shundan 3 ming 571 ta yuridik va 316 ming 791 ta jismoniy isteʼmolchi (xonadon) mavjud.

Viloyatda isteʼmolchilarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash uchun uzunligi 7 135,2 kilometr boʼlgan gaz quvurlari va 8 367 ta gaz taqsimlash punktlaridan foydalaniladi. Isteʼmolchilarga yanada sifatli xizmat koʼrsatish maqsadida viloyatda joriy yilning 1 oktyabridan boshlab 20 ta maxsus texnika va 80 nafar xodimlardan iborat 20 ta brigada faoliyat yurita boshlaydi.

Shuningdek, viloyat isteʼmolchilariga 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida jami 54 ming 751 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan. Bu oʼtgan mavsumga nisbatan 17 ming 894,5 tonnaga yoki 48,6 foizga koʼp. Isteʼmolchilarga 21 ta vagon sisterna, 18 ta avto sisterna va 93 ta ISUZU rusumli maxsus avtotransportlarda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

                                                                                             Axborot xizmati.

Tugmani bosing Tinglash