Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida urbanizatsiya jarayonlarini amalga oshirish harakatlari boshlanib ketdi. Jumladan, Farg‘ona viloyatida ham tuman markazlarida ham shahardagi kabi shart-sharoitlarni yaratish, har tomonlama rivojlangan turmush darajasiga erishishi uchun chora-tadbirlar belgilab olindi. Bugungi kunda ushbu ishlarni amalga oshirishda nafaqat o‘z ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarimizni ishga solish, balki chet ellik mutaxassislarni ham jalb qilishga kirishilgan.
Bugun Farg‘ona viloyati hokimi, Oliy Majlis senati a’zosi Shuhrat G‘aniyev hokimlik qabullar uyida Szyan Aymin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasining CCECC (Xitoy fuqarolik muhandislik-qurilish korporatsiyasi) korporatsiyasi vakillarini qabul qildi.
Ushbu korporatsiya dunyoda uchinchi eng yirik qurilish kompaniyasi hisoblanadi. Korporatsiya aeroportlar, temir yo‘llar va boshqa inshootlar qurish bilan shug‘ullanadi. Uning vakillari O‘zbekistonga, xususan, Farg‘onaga 14 ta tuman markazida kanalizatsiya tizimini qurish loyihasi ustida ishlash maqsadida tashrif buyurganlar.
Viloyat hokimi Sh.G‘aniyev o‘z so‘zida “Bir makon, bir yo‘l” forumining mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda, O‘zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoriga chiqishida ahamiyatli ekanini ta’kidladi. Shuningdek, viloyatimiz aholisining 90 % i ichimlik suvi bilan ta’minlanganligini, kanalizatsiya tizimi bilan esa 47% ta’minlanganligini, aholida bunga ehtiyoj katta ekanligini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, SSESS kompaniyasi haqida shu forumdagi ishtiroki paytida ma’lumotga ega bo‘lganligi va ushbu kompaniya bilan hamkorlik qilish istagi paydo bo‘lganini aytdi.
Janob Szyan esa Farg‘ona viloyatining istiqboli yaxshi ekanini, xalqimiz mehnatkashligi, bular davlat taraqqiyotining asosi ekanligiga urg‘u berdi va kompaniya Farg‘ona viloyati bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini, mutaxassislar guruhi allaqachon tashkillanganini, bugun esa moliyalashtirish va investitsiya kiritish bo‘yicha mutaxassislar kelganlarini bildirdi.
Rasmiy uchrashuv jarayonida hamkorlar ro‘yxati, kommunikatsiya masalalalari, loyihani amalga oshirish va hamkorlik shartlari haqida muzokara olib borildi, Xitoy taraqqiyot banki bilan hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Viloyat hokimi albatta ushbu loyiha ikki tomonlama manfaatli asosda, O‘zbekiston va Xitoy qonunchiligiga muvofiq tarzda amalga oshirilishini ta’kidladi.
Szyan Aymin OAV uchun bergan intervyusida quyidagilarni so‘zladi:
- O‘zbekistonga birinchi kelishim. Xalqingiz mehnatkash va yaxshi yashashga intiluvchan ekanligi katta taassurot qoldirdi. Bizning SSESS kompaniyamiz Xitoyning eng yirik kompaniyasidir, biz mahalliy iqtisodiyotingiz rivojiga o‘z texnologiyamiz va investitsiyamiz bilan hissa qo‘shishga tayyormiz. Bugun kanalizatsiya tizimini modernizatsiyalash loyihasi dolzarb loyihalardan hisoblanadi, chunki hayot farovonligi, turmush darajasi ushbu tizimga ham bog‘liq, shuning uchun bu juda muhimdir. Biz O‘zbekiston va Xitoy hukumati rahbarligi va qo‘llab-quvvatlashi ostida sizning iqtisodingiz va hayot darajangizning rivojlanishi uchun o‘z kuchimizni sarflashga tayyormiz. Xalqlarimiz qadimdan do‘stlik aloqalarida bo‘lib kelgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Prezidenti ham qo‘llab-quvvatlayotgan “Bir makon, bir yo‘l” g‘oyasi ushbu tarixiy, qdimiy aloqalarimiznnig mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a’zolari loyiha amalga oshiriladigan ob’ektlarni ko‘rishga bordilar. Hozircha Quvasoy, Beshariq va Buvayda tumanlarida xitoylik hamkorlarimiz loyiha ustida ish olib boradigan bo‘ldilar.
Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan kelib tushgan murojaatlarni o’z vaqtida ko’rib chiqish hamda ularda ko’tarilayotgan masalalarni belgilangan tartibda qonuniy hal etish choralari ko’rilmoqda.
2019 yil 6 oyi davomida barcha manbaalar orqali jami 13538 ta murojaatlar kelib tushdi.
Shundan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari elektron tizimi orqali 10111 ta, viloyat hokimligiga to’g’ridan-to’g’ri 1917 ta yozma murojaat, 1510 ta og’zaki murojaatlardir.
Murojaatlarning mazmun-mohiyatiga ko’ra, murojaatlar ko’proq boshlang’ich to’lovsiz uy-joy bilan ta’minlash, uy-joy qurish va tadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun er maydonlari ajratish hamda moddiy yordam ko’rsatish masalalarida tushmoqda.
Eng ko’p murojaatlar tushishi Farg’ona (2236 ta), Qo’qon (1251 ta), Marg’ilon (1190 ta) shaharlari, Oltiariq (956 ta), Quva (808 ta),Rishton
(767 ta), Farg’ona (734 ta), Dang’ara (675), Uchko’prik (632 ta) va O’zbekiston
(547 ta) tumanlari hisobiga to’g’ri kelmoqda.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, aholini qiynab turgan muammolari bilan yanada jiddiyroq shug’ullanish lozimligini inobatga olgan holda viloyat hokimining 10 marta ommaviy sayyor qabullari o’tkazildi.
Eng ko’p murojaatlar tushayotgan hududlarda yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni yanada kengaytirish, muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida viloyat hokimi va hokim o’rinbosarlarining sayyor qabullar jadvali tasdiqlanib, ular tomonidan o’tkazilgan sayyor qabullarda 1510 nafar aholi vakillarining murojaatlari qabul qilindi.
Hisobot davrida viloyat boshqarmalari va korxona tashkilotlari hamda shahar, tuman hokimliklarining murojaatlar bilan ishlovchi xodimlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida viloyat hokimligi apparati hodimlari uchun, viloyat “Mahalla” jamoat fondi binosida mahalla faollari uchun, Farg’ona shahar yuridik kollejida shahar, tuman hokimliklarining murojaatlar bilan ishlovchi va ijro intizomiga mas’ul xodimlari uchun, Farg’ona shahar hokimligi bazasida boshqarmalar va hokimliklar rahbarlarining birinchi o’rinbosarlari va huquqshunoslari hamda boshqa mas’ul xodimlari uchun o’quv-seminarlari o’tkazildi.
Shuningdek, viloyat hokimligining 2019 yil 28 martdagi yig’ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ish yuritish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, topshiriqlar bajarilishida nazoratni tizimli yo’lga qo’yish bo’yicha seminarlar tashkil etish reja-jadvaliga asosan barcha shahar, tuman hokimliklarida amaliy seminarlar o’tkazildi.
Viloyatda murojaatlar bilan ishlashning ahvoli 46 ta shahar, tuman hokimliklari va boshqarmalarda o’rganilib, natijalari kengaytirilgan yig’ilishlarda muhokama etildi.
Viloyat hokimligiga barcha manbaalar orqali kelib tushgan murojaatlar
8 marta tahlil etilib, viloyat boshqarmalari rahbarlari hamda barcha shahar, tuman hokimliklariga yo’l qo’yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralarini ko’rish yuzasidan nazoratli topshiriq xatlari yuborildi.
Tahlil va o’rganishlar yakunlariga ko’ra murojaatlarni ko’rib chiqishda kamchilik va qonunbuzilish holatlariga yo’l qo’yganligi uchun 47 nafar turli darajadagi mas’ullarning intizomiy javobgarligi ko’rib chiqildi.
Olib borilgan ishlar natijasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarning 55,2 foizi, viloyat hokimligiga kelib tushgan murojaatlarning 48,4 foizi, shahar, tuman hokimliklariga bevosita kelib tushgan murojaatlarning 47,2 foizining ijobiy hal etilishi ta’minlandi va viloyat hokimligiga kelib tushayotgan murojaatlarning 6535 tagakamayishiga erishildi.
Viloyat hokimligi kelgusida ham murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularni o’rganish natijalari bo’yicha ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash choralarini ko’rib boradi.
Farg‘ona shahridagi Tadbirkorlar markazi zalida “30 iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning viloyat yoshlari bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda viloyat boshqarma, tashkilotlarining rahbarlari, OAV vakillari, viloyatimizning 19 ta shahar-tumanlaridan yoshlar vakillari ishtirok etdilar. Ular orasida bu yil maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlagan yigit-qizlar, jahon chempionatlarida qatnashgan sportchilar, olimpiada g‘oliblari va maktab, kollej, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim oluvchi boshqa faol yoshlar ham bor.
Uchrashuvning avvalida viloyat hokimi nutq so‘zlab, bugun yoshlar bilimli, tafakkurli, har sohada yetuk va albatta baxtli bo‘lishlari uchun olib borilayotgan ishlar haqida so‘zladi. Xususan, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida bajarilayotgan va bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Yurtboshimizning: “Bilim, madaniyat, fidoyilik birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak. Ma’naviyat iqtisodiyotga ham asos bo‘ladi. Farzandlarimizni sog‘lom, bilimli, vatanparvar qilib tarbiyalash uchun hech narsani ayamaymiz. Ana shunday yoshlar bizning ertangi kunimiz” degan so‘zlariga alohida urg‘u berildi.
Hokim o‘z nutqidan keyin yoshlarga savollar bilan murojaat qilib, iqtisodiyot, tarix, adabiyot va boshqa sohalarda savollar berdi. Eng bilimdon, topag‘on yigit-qizlar viloyat hokimi tomonidan 25 ta kompyuter, ayped va boshqa esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Viloyat hokimi uchrashuv davomida yoshlarning takliflarini tingladi, ularning savollariga javob berdi. Yoshlar vakillaridan tushgan savollarga javob berish mobaynida rahbarning tashabbuskor, bilim olishdan to‘xtamaydigan, adolatli, to‘g‘riso‘z, mehnatdan qochmaydigan, mas’uliyatni zimmasiga ola biladigan bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
- Shuhrat Madaminovichning Farg‘ona yoshlariga bo‘lgan mehrini ko‘rib, o‘zimizni boshqacha his qildik. Ilgarigi “Hokim va yoshlar” uchrashuvlarida ko‘proq ijtimoiy muammolar bo‘yicha suhbatlashilgan bo‘lsa, bu safar uchrashuv bayramona tarzda o‘tyapti. Hokimimizning har bitta bolani diqqat bilan eshitib, ularning fikrlariga baho berib, otalarcha bergan maslahatlari albatta kelajakda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi. Har bir yosh 5 tashabbus bo‘yicha fikrlar, takliflarini bildirdilar. Viloyatimiz hokimining Farg‘ona yoshlarini boshqa viloyatlar yoshlariga o‘rnak qilib ko‘rsatamiz deganlari barchamizni judayam ruhlantirdi – deya uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi Uchko‘prik tumani Yoshlar Ittifoqi kengashi sardori Asilbek Homidov.
- Men esa bu uchrashuvda birdaniga ikkita ayped va kompyuter yutib oldim, - deydi Farg‘ona politexnika instituti talabasi Muxlisa Mirzarahimova. – Bu safarga uchrashuvning juda rasmiy bo‘lmaganligi, iste’dodli yoshlarimizning rag‘batlantirilishi, shunday savol-javob tariqasida bilimni baholab sovg‘alar berilishi yoshlarni bilimli bo‘lishga otlantirdi.
Tadbirda yutuqlarga erishgan yoshlar vakillari alohida mukofotlar bilan taqdirlandilar. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil, 14 noyabrdagi 914-sonli qarori hamda Respublika komissiyasining 2019 yil, 24 maydagi 6-sonli qarori bilan Mo‘ydinov Davronbekka oliy o‘quv yurtiga kirish uchun tavsiyanoma hamda mukofot berildi. Miraziz Mirzaxalilov esa o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘lgani uchun taqdirlandi. Shuning7dek, Asadbek Odilov fan olimpiadasida ingliz tili bo‘yicha 1-o‘rin sohibi bo‘lgani, Yo‘lchiyev Alisher tadbirkorlik faoliyatida 16 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlagani uchun taqdirlandilar.
Shuningdek, 5 tashabbus doirasida har bir tashabbus uchun bir milliarddan, jami 5 milliard pul ajratilib, yoshlar o‘rtasida o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari va mukofotlar egasi bo‘lishlari uchun konkurs e’lon qilinishi katta quvonch bilan kutib olindi.
Ikki soatdan ortiq davom etgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi juda samimiy, qiziqarli o‘tdi.