So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4796-son qаrоri ijrosini ta’minlash, rasmiy statistika sohasida qurilish ishlari umumiy hajmini shakllantirish bo‘yicha uslubiyatni yanada takomillashtirish maqsadida har chorakda "Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvlari” o‘tkaziladi.  

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 11 583,8 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 % ga o‘sdi.

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Qo‘shtepa tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 971,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 7-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pazilov hamda Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi ShUmrzaqovalar ishtirokida Marg‘ilon shahar dehqon bozorida 5-narx o‘rtacha xaftalik kuzatuvlari yuzasidan dislokatsion nuqtalarga chiqib

Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi A.Komiljonov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. 

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Fargʻona viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 12,3 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 117,8 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 3-noyabr kuni Quva tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi N. Nazirboyev tomonidan Quva tumani, “Yuqori qo‘rg‘oncha” MFY, “Qo‘rg‘oncha” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro D. Samatovlar xonadonida 4-TJ (turar joy) tallanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 72,1 %ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 13,2 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 3,7 % ga ko‘paygan va ishlab chiqarish hajmi 2 944,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Buvayda tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 422,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

2023- yil yanvar-sentabr oylarida 4,4 mingta nikohdan ajralishlar qayd etildi.

Joriy yilning 3-noyabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi A.Komiljonov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi.

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Marg‘ilon shahri bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1670,4 mlrd.so‘mga yetdi. 

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Farg‘ona viloyatida 20,3 mingta nikoh qayd etildi. 

2023- yilning yanvar-sentabrida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 523 475,8 ming AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 68,9 % ini tashkil etdi.

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Beshariq tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 658,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida metallurgiya sanoati 170,7 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqariladigan sanoat hajmining 0,8%ni tashkil etib, fizik hajm indeksi esa 165,4 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 3-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.