So'nggi yangiliklar

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023-yilning yanvar-fevral oylarida viloyat korxonalari tomonidan 3 543,7 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 97,1 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-fevral oyilari holatiga viloyat bo‘yicha davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 31,3 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 773,5 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

Joriy yilning 24-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A. Abdurazakov, mazkur bo‘lim yetakchi mutaxassisi L.Omonovlar Qo‘shtepa tumani “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-mart holatiga viloyatimizda 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 120,7 foizni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-fevral holatiga Farg‘ona viloyatining norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 19,7 %ni tashkil etdi yoki 158,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 

Viloyatimizda 2023- yilning fevral oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 1 289 tani tashkil etib, ularning yillar kesimida dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

Joriy yilning  23-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov, mazkur bo‘lim mutaxassisi G‘. Mamajonov hamda Oltiariq tumani  “Ustoz” mahalla fuqarolar yig‘inining vakili bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini amalga oshirdilar. 

2023-yil yanvar-fevral oyi holatiga Marg‘ilon shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 230 tani tashkil etib, ular tomonidan 122,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Joriy yilning 24-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmunini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati N. Elchiyeva, Аdliya boshqarmasi shoʼba boshlig‘i А Аdermatovlar ishtirok etdilar.

Joriy yilning 23-mart kuni Beshariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi U.Temirov tomonidan Beshariq tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida un va un mahsulotlaridan tayyorlangan mahsulotlar, mevalar, sabzavotlar, tuxum va boshqa mahsulotlarining oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgani miqdori va hajmi o‘rganildi. 

2023-yil 1-mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 41 482 tani tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5 597 taga kamayib, o‘sish sur’ati 88,1 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning 23-mart  kuni  Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi  H.Yunusova tomonidan  Qo‘shtepa tumani  dehqon bozorida 12-bozor (oylik)  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma  o‘tkazildi.

2023-yil yanvar-fevral oyilari holatiga Farg‘ona viloyatida jami 804,8 mlrd.  so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan 100,2 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 23-mart kuni Quvasoy shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Niyozov tomonidan Quvasoy shahar dehqon bozorida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.

Bugungi hasharda  statistika boshqarmasi hududida xodimlar tomonidan  40 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi, shuningdek mavjud daraxtlarga shakl berildi.  

Navroʼz ayyomi arafasidagi bu yilgi umumxalq hashari “Obod va fayzli mahalla – yurt koʼrki” shiori ostida oʼtkazilmoqda. Erta tongdan boshlangan tadbir viloyatimizning barcha mahallalarda, korxona, tashkilot va muassasalarda uyushqoqlik va koʼtarinki kayfiyatda o‘tkazimoqda.

2023-yilning 1-mart holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 41 482 tani tashkil etib, so‘ngi besh yil bilan solishtirilganda 32,7 foizga oshganligi va shu bilan birga 85,7 foizini tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Joriy yilning 16-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, boshqarmaning “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i H.Nortojiyev hamda  Beshariq, Furqat tumanlarining statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumanlarda bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning 4 – xizmat (jsh) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.