So'nggi yangiliklar

2023-yil 1- fevral holatiga viloyat bo‘yicha MDH davlatlarining kapitali ishtirokidagi faoliyat korsatayotgan korxonalar soni e’lon qilindi.

Joriy yilning 22-fevral kuni aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha Bag‘dod tumanidagi 17- umumiy o‘rta talim maktabi o‘qituvchi xodimlari ishtirokida seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov qatnashdi.

2023-yil yanvar oyi holatiga Dang‘ara tumani korxonalari tomonidan 58,9 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2022-yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 97,8 %ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar oyi holatiga viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 455,3 ming so‘mga yetdi. 2022-yilga nisbatan 104,2 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 22-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, hamda Rishton tumani statistika bo‘limi yenakchi mutaxassisi I.Karimovlar tomonidan tumanda joylashgan dehqon bozorida “5 narx o‘rtacha xaftalik” joriy kundagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari kuzatuvi o‘tkazildi. 

2023-yilning yanvar oylari yakunlariga ko‘ra, ichimliklar ishlab chiqarishining oziq-ovqat mahsulotlaridagi ulushi 1,7 %ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 39,2 %ga o‘sdi va ishlab chiqarish hajmi 5,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yil yanvar oyi holatiga Qo‘shtepa tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 39,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur‘ati 105,1 %ni tashkil etdi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi joylarda aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bormoqdalar. 

2023-yil yanvar oyi holatiga Farg‘ona tumani korxonalari tomonidan 59,0 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2022-yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 83,7 %ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar oyi  holatiga sog‘liqni saqlash xizmatlarining hajmi 37,3 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2022-yilga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 96,0 %ga yetdi.

Joriy yilning 22-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F. Yakubov, boshqarmaning “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi R. Abdurayimov hamda  Rishton tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I. Karimovlar tomonidan uy-joylar tanlanma so‘rovnomasi o‘tkazildi.

2023-yil yanvar oyi holatiga savdo xizmatlarining hajmi 513,9 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2022-yilga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 97,0 %ga yetdi.

2023-yilning yanvar oylari yakunlariga ko‘ra, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 8,0 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 52,1 % ga kamaygan va ishlab chiqarish hajmi 124,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yil yanvar oyi holatiga yashash va ovqatlanish xizmatlarining hajmi 45,1 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2022-yilga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 90,1 %ga yetdi.

2023-yil yanvar oyi holatiga Yozyovon tumani korxonalari tomonidan 16,8 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2022-yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,9 %ni tashkil etdi.

Respublikamiz aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida, davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkaziladi. Mana shunday kuzatuv Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov hamda “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi H. Musayevlar tomonidan Rishton tumani “Bo‘ston” MFY, “Farg‘ona” ko‘chasi 54 uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Z. Mamajonovlar xonadonida amalga oshirildi. 

2023- yil yanvar oyi holatiga Oltiariq tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 72,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur‘ati 109,9 %ni tashkil etdi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2023-yilning yanvar oyida metallurgiya sanoati 7,4 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqariladigan sanoat hajmining 0,5%ni tashkil etib, fizik hajm indeksi esa 47,2 %ni tashkil etdi.