So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 21-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish “ bo‘limi yetakchi mutaxassisi L.Omonov va Uchko‘prik tumani  ''Ro‘yxatga olish” bo‘limi xodimlari ishtirokida registratorlar tomonidan  o‘rganilib hamda Kadastr agentligi tomonidan yangilanib, qayta chop etilgan mahalla fuqarolar yig‘ini  xaritalari ko‘zdan kechirilmoqda.

Joriy yilning 18-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Narx statistikasi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi O.Hamrakulova hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.No‘monovalar ishtirokida Farg‘ona shahrida «Iste’mol narxlari indeksi» oylik kuzatuvining oziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida  O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabr kunidagi “Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-798-son qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-419-son qarorlarining  mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar ntashkil etildi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni  Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi  E.Shokirov tomonidan  Uchko‘prik tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik)  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma  o‘tkazildi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni So‘x, Buvayda hamda Qo‘qon shahar intervyuyerlari tomonidan uy-joylar tanlanma so‘rovnomasi o‘tkazildi. Kuzatuvni olib borish jarayonida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni shakllantirildi.

Joriy yilning 18- noyabr kuniFarg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Barcha hududlar singari joriy yilning 18-noyabr kuni Marg‘ilon shahrining “Orol bo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Al-Farg‘oniy ko‘cha 297 uy  kuzatuvga tushgan. Xonadon sohiblari bilan Marg‘ilon  shahar statistika bo‘limi intervyuyeri M.Sheraliyeva tomonidan yakka tartibda qurilgan uy-joylari so‘rovnomasi o‘tkazildi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni  Oltiariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Nabiyev tomonidan  Oltiariq tumani  chorva bozorida 12-bozor (oylik)  chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. 

Joriy yilning 18-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan  “Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 17- noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvda Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.V.Yakubov, tuman statistika bo‘limi mutaxassisi Z.Abdurahimova hamda tuman kadastr bo‘limi mutaxassisi A.Abdurazzoqov ishtirok etdilar.

Joriy yilning 17-noyabr kuni   Bag‘dod tumanidagi “Cho‘rindi” MFYda qarashli “Hidoyat” ko‘chasi 58- xonadon uy-joylar tanlanma kuzatuviga tushgan. Kuzatuvni Bag‘dod tumani statistika boshqarmasi intervyuyeri M.Mamasidiqov olib borib, u o‘z navbatida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni oldi. 

Joriy yilning 17-noyabr kuni  Toshloq tumani  statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi  A.Xojimatov tomonidan  Toshloq tumani  dehqon bozorida 12-bozor (oylik)  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma  o‘tkazildi.

Avval xabar berganimizdek Farg‘ona viloyatida o‘rganilgan uy xo‘jaliklarida nazorat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 17- noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvi” boshqarmasi boshlig‘i U.Madaminov ishtirokida Marg‘ilon shahar “Guliston” MFYda mutaxassis U.Turg‘unova, Toshloq tumani “Konizar” MFYda mutaxassis M.Xojibolayeva, Qo‘shtepa tumani “G‘ishtmon” MFYda mutaxassis N.Qodirova, Farg‘ona shahar “Muruvvat” MFYda mutaxassis D.Ortiqovlar tomonidan o‘rganilgan uy xo‘jaliklarida nazorat tekshiruvi o‘tkazildi.

Biz uchun vatanimizning muqaddas ramzi – Davlat bayrog‘i aziz. U ma’naviyatning eng muhim timsolidir. Shu bois, bayrog‘imizga nazar solganimizda biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz. 

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha ichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar eksporti hajmi 316,0 mln. AQSh dollarini tashkil etib, umumiy eksport hajmining 49,4 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 17-noyabr kuni Farg‘ona viloyatida 2022-yil yanvar-oktabr oylarida foydalanishga topshirilgan, xo‘jalik usulida qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xususan,  Yozyovon tumani  statistika bo‘limi bosh mutaxassisi A.Xakimov tomonidan tumanga qarashli “Do‘stlik” MFY  kuzatuvga tushgan xonadon sohibi bilan so‘rovnoma o‘tkazildi. 

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha 44882 ta kichik korxona va mikrofirmalar faoliay yuritmoqda.