So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 19-noyabr kuni Quvasoy shahri statistika bo‘limi mutaxassisi ishtirokida Quvasoy shahri chorva bozorida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-noyabr holatiga viloyat bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 54 841 tani tashkil etdi.

Barcha joylardagi kabi Farg‘ona shahar statistika bo‘limi boshlig‘i R.Xasanov, bosh mutaxassis R.Sharopovlar  tomonidan ham O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistikasi to‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasiga asosan Farg‘ona shahrida 2022-yil yanvar-oktabr oylarida foydalanishga topshirilgan, xo‘jalik usulida qurilgan, ya’ni pudrat tashkiloti jalb qilinmagan holda yakka tartibdagi uy-joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-oktabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati xorijga qiymati 53,4 mln. AQSh dollariga teng 63,3 ming tonna uzum eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 16,6 ming tonnaga kam.

Joriy yilning 21-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish “ bo‘limi yetakchi mutaxassisi L.Omonov va Uchko‘prik tumani  ''Ro‘yxatga olish” bo‘limi xodimlari ishtirokida registratorlar tomonidan  o‘rganilib hamda Kadastr agentligi tomonidan yangilanib, qayta chop etilgan mahalla fuqarolar yig‘ini  xaritalari ko‘zdan kechirilmoqda.

Joriy yilning 18-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Narx statistikasi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi O.Hamrakulova hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.No‘monovalar ishtirokida Farg‘ona shahrida «Iste’mol narxlari indeksi» oylik kuzatuvining oziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida  O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabr kunidagi “Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-798-son qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-419-son qarorlarining  mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar ntashkil etildi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni  Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi  E.Shokirov tomonidan  Uchko‘prik tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik)  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma  o‘tkazildi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni So‘x, Buvayda hamda Qo‘qon shahar intervyuyerlari tomonidan uy-joylar tanlanma so‘rovnomasi o‘tkazildi. Kuzatuvni olib borish jarayonida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni shakllantirildi.

Joriy yilning 18- noyabr kuniFarg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Barcha hududlar singari joriy yilning 18-noyabr kuni Marg‘ilon shahrining “Orol bo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Al-Farg‘oniy ko‘cha 297 uy  kuzatuvga tushgan. Xonadon sohiblari bilan Marg‘ilon  shahar statistika bo‘limi intervyuyeri M.Sheraliyeva tomonidan yakka tartibda qurilgan uy-joylari so‘rovnomasi o‘tkazildi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni  Oltiariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Nabiyev tomonidan  Oltiariq tumani  chorva bozorida 12-bozor (oylik)  chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. 

Joriy yilning 18-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan  “Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 17- noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvda Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.V.Yakubov, tuman statistika bo‘limi mutaxassisi Z.Abdurahimova hamda tuman kadastr bo‘limi mutaxassisi A.Abdurazzoqov ishtirok etdilar.

Joriy yilning 17-noyabr kuni   Bag‘dod tumanidagi “Cho‘rindi” MFYda qarashli “Hidoyat” ko‘chasi 58- xonadon uy-joylar tanlanma kuzatuviga tushgan. Kuzatuvni Bag‘dod tumani statistika boshqarmasi intervyuyeri M.Mamasidiqov olib borib, u o‘z navbatida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni oldi. 

Joriy yilning 17-noyabr kuni  Toshloq tumani  statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi  A.Xojimatov tomonidan  Toshloq tumani  dehqon bozorida 12-bozor (oylik)  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma  o‘tkazildi.

Avval xabar berganimizdek Farg‘ona viloyatida o‘rganilgan uy xo‘jaliklarida nazorat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 17- noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvi” boshqarmasi boshlig‘i U.Madaminov ishtirokida Marg‘ilon shahar “Guliston” MFYda mutaxassis U.Turg‘unova, Toshloq tumani “Konizar” MFYda mutaxassis M.Xojibolayeva, Qo‘shtepa tumani “G‘ishtmon” MFYda mutaxassis N.Qodirova, Farg‘ona shahar “Muruvvat” MFYda mutaxassis D.Ortiqovlar tomonidan o‘rganilgan uy xo‘jaliklarida nazorat tekshiruvi o‘tkazildi.