Joriy yilning 23-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatovga berdi va xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi "Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-86-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-may kungi “Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-88-sonli Farmonlarining mazmun-mohiyati yuzasida ma’ruzasi tinglandi. Jumladan, Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar bilan manzilli ishlash orqali global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash hamda mamlakat taraqqiyoti uchun yangi innovatsion imkoniyatlar yaratish belgilanganligi haqida no‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish maqsadida Prezidenti Farmoni qabul qilinganligi, unga ko‘ra aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning yangi tizimini joriy etish, xalqaro tajribaga asoslangan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning yangi modelini joriy qilish, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishda oilaviy shifokor ulushini 70 foizga yetkazish, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish hamda tibbiyotda qog‘ozbozlikni kamaytirish orqali tibbiyot xodimlari ish yuklamasini 30 foizgacha kamaytirish shu va boshqa ma’lumotlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari kun tartibiga qo‘yilgan ikkinchi masala - “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi” mavzusidagi ma’ruza tinglandi. Ma’ruzada korrupsiyaga qarshi kurash maqsadlariga faqat jinoyat-huquqiy vositalar bilan erishib bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatayotganligi, bunday ma’naviy buzilish holatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’ul ekanliklari, davlat va jamiyat, shu bilan birga nodavlat notijorat tashkilotlari bunday illatni oldini olish va unga qarshi kurashda birgalikdagi harakatigina samarali natijalarga erishishning eng maqbul yo‘li ekanligi haqida so‘z yuritildi.