Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Toshloq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 519 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 160 tani tashkil etdi.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 79 ta
Sanoatda – 250 ta
Qurilishda - 78 ta
Savdoda – 560 ta
Tashish va saqlashda – 58 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 77 ta
Axborot va aloqa – 17 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 68 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 332 taga to‘g‘ri keldi.