24/07/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Buvayda tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 513 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 190 tani tashkil etdi.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 53 ta

Sanoatda – 258 ta

Qurilishda - 56 ta

Savdoda – 590 ta

Tashish va saqlashda – 28 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 65 ta

Axborot va aloqa – 32 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 73 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 358 taga to‘g‘ri keldi.