22/04/2026

Joriy yilning 10-aprel kuni Farg‘ona shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrrufidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining huquqshunoslik yo‘nalishiga ixtisoslashgan 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi bosh yurist konsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibidagi masallalar yuzasidan ma’ruza qildi. Unga ko‘ra, endilikda mamlakatimizda “Mening bog‘im” loyihalarini tashkil etish jarayonlari takomillashtiriladi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-aprel kuni “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda jamoatchilik hamda xalq vakillari ishtirokini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-56-sonli Farmoni qabul qilindi.

“Mening bog‘im” loyihalarini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish, ularni amalga oshirishda yangi mexanizmlarni joriy qilishning “Mening bog‘im” loyihalari tanlovida g‘olib bo‘lmagan loyihalarni saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan g‘olib deb e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, “Mening bog‘im” loyihalarini hududning tuproq-iqlim sharoiti va suv ta’minotiga mos ravishda shakllantirish tizimini joriy qilish, “Mening bog‘im” loyihalari doirasida yashil bog‘lar va yashil jamoat parklarida daraxtlar va o‘simliklarni ekish, ularni doimiy parvarishlash, barpo etilgan obyektlar holatini sifatli saqlashning yangi amaliyotini kiritish asosiy vazifalar etib belgilandi.

Farmonga ko‘ra, “Ochiq budjet” axborot portalidagi tanlovda g‘olib bo‘lmagan kamida1 ta “Mening bog‘im” loyihasini deputatlar tomonidan tegishli saylov okrugidagi saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqib, g‘olib deb e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.Начало формы

 

Shuningdek, tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda subsidiya ajratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-aprel kuni  “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-130-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, go‘sht mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan vaqtinchalik subsidiyalar ajratilishi belgilandi.  2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-avgustga qadar tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda, ularni havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir kilogramm go‘sht uchun 0,8 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda, 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 31-dekabrga qadar xorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10 foizi, biroq har bir bosh qoramol uchun           4 mln so‘mdan oshmagan miqdordagi yonalishlar bo‘yicha choralar joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda. Mazkur qarorga muvofiq subsidiyalar agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan moliyalashtirilishi haqida batafsil ma’lumot berildi.

 Shuningdek, davra suhbatida “Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish – yoshlarning kundalik hayot tarziga aylanishi shart” mavzusida ma’ruza tinglandi.

 

Axborot xizmati