Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-oktabr holatiga viloyatda umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 252 tani tashkil etdi.
Ularning tarkibi quyidagicha:
Yirik korxonalar — 10 ta;
Kichik korxona va mikrofirmalar — 2 242 ta.
Umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 23 165,4 mlrd so‘mga yetdi. Mazkur ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 122,2 foizni tashkil etdi.
Savdo aylanmasining 73,3 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Tahlillarga ko‘ra, viloyatda umumiy ovqatlanish xizmatlari bozorida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari muhim o‘rin egallamoqda.




