Joriy yilning 2-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatovga berdi va xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-aprel kungi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-73-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-152-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-aprel kungi “Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi 256-son qarorining mazmun-mohiyatini va ahamiyatini yetkazish hamda “Korrupsiyani oldini olish – eng muhim masala. Hisobotlar olish jarayonida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik” mavzusida ma’ruza tinglandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28- aprel kungi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-73-son Farmoni qabul qilinganligi, unga ko‘ra, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etilganligi, universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilanganligi, 2025/2026 o‘quv yilidan universitetning boshqaruv tizimi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtirilganligi, universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etillishi, akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi orqali yo‘lga qo‘yilishi hamda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishi, universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 1-kursdan xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etilishi haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-152-son qarorida belgilangan 2025–2029 yillar davomida zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab qurish va 72 mingtadan ziyod qo‘shimcha o‘quv o‘rinlarini yaratish orqali sohadagi navbatlilik koeffitsiyentini kamaytirish, kamida 500 nafar nogironligi bor o‘quvchilar uchun inklyuziv ta’lim sharoitlarini yaratish, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, kompetensiyalarga asoslangan ta’lim tamoyillarini joriy etish, laboratoriya mashg‘ulotlarini STEM standartlariga muvofiq tashkil qilish kabi vazifalar haqida shu va boshqa ma’lumotlarga ham to‘xtalib o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-aprel kungi “Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi 256-son qarori bilan ma’muriy reglamenti tasdiqlanganligi, mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga YaIDXP (my.gov.uz) va Davlat xizmatlari markazlari orqali nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy ro‘yxatlariga kiritish hamda ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu ro‘yxatlarga kiritilgan yoki kiritilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar olish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilanganligi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti ushbu sohada vakolatli organ hisoblanishi, Reglamentga ko‘ra, Nomoddiy madaniy meros namunalarini milliy ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi ilmiy-metodik kengash hamda mahalliy ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi ekspertlar guruhi tomonidan ko‘rib chiqilishi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi. Yig‘ilish so‘ngida, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash, yaqindan tanishish, uning har bir moddasini chuqur o‘rganib, hayotimizga tatbiq etishga intilish, sodda qilib aytganda, korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushunish, mustaqil idrok etish, eng muhimi, unga qarshi kurashish har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.