Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-iyun oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha parrandalar bosh soni 9025,7 mingtani tashkil etdi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 103,2 % ga yetdi. Parrandalar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, 1 597,0 ming bosh fermer xo‘jaliklari hissasiga, 5 411,1 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 2 017,6 ming bosh qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etish lozim.