Joriy yilning 15-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatovga berdi va xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtirilayotganligi munosabati bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1081-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-avgust kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-250-son qarorining mazmun-mohiyatini va ahamiyati yetkazildi. Chunonchi, qonun bilan sud tomonidan ayrim shaxslarning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishiga doir tartibni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilganligi, unga ko‘ra, O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilmaganligi, biroq O‘zbekistondan chiqib ketib, suddan uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlashi uchun asoslar mavjud bo‘lganda qo‘llanishi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqarishi, iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran 8 soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishi, sudya iltimosnomani ko‘rib chiqib, O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash yoki uni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqarishi, ajrim ustidan 48 soat ichida shikoyat berilishi yoxud protest bildirilishi mumkinligi shu va boshqa ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-250-son qarori qabul qilinligi, qarorga ko‘ra, suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish dasturini amalga oshirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib irrigatsiya tarmoqlarining 2 551 km qismini rekonstruksiya qilish, ushbu maqsadlar uchun har yili Davlat budjetidan kamida 1,3 trln so‘m ajratish va xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 300 mln AQSh dollarini o‘zlashtirish, suv ta’minoti darajasi past bo‘lgan sug‘oriladigan maydonlar hajmini 424 ming gektardan 276 ming gektargacha qisqartirish, qaror bilan suv resurslarini oqilona boshqarish, ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika suv kengashi tarkibi tasdiqlanganligi haqida tushuncha berildi. Shundan song kun tartibiga qo‘yilgan ikkinchi masala - “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish - dolzarb masala” mavzusidagi maruza tinglandi.