Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–mart oylarida Furqat tumanida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 220,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,9 foizga o‘sdi.
Hisobot davrida asosiy ko‘rsatkichlar quyidagicha shakllandi: sabzavotlar yetishtirish 7,1 tonnani, go‘sht (tirik vaznda) 1,7 ming tonnani, sog‘ib olingan sut 14,5 ming tonnani hamda olingan tuxum soni 5,8 mln donani tashkil etdi.
Shuningdek, chorvachilik sohasida yirik shoxli qoramollar soni 48,2 ming boshga, qo‘y va echkilar 37,6 ming boshga hamda parrandalar soni 378,7 ming boshga yetdi.




