Joriy yilning 13-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi bosh yurist konsulti A.Nurmatov qatnashib, xafta davomida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmuni-mohiyatini yetkazdi. Unga ko‘ra, endilikda kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilanлиги, жoriy yilning 09-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Og‘ir” mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish orqali kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-51-son qarori qabul qilinganligi, қарорda, “Og‘ir” mahallalarga daromad keltiradigan aktiv sifatida 300–500 kVt soat quvvatdagi kichik quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish hamda mazkur loyihani moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 110 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi qonunchilik hujjatlarida belgilanganligini aytib o‘tdi.
Qarorga ko‘ra, 1 oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda loyihalashtirish, davlat ekspertizasidan o‘tkazish, tender asosida pudrat tashkilotini aniqlash hamda qurilish-montaj ishlarini tashkil etish; kichik quyosh elektr stansiyalarini foydalanishga qabul qilish hamda boshqarish; kichik quyosh elektr stansiyalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash belgilandi.
tashkil etildi.Shuningdek, 2026-yil 11-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “Startaplarni qo‘llab-quvvatlishning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son qarorini imzoladi. Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 9–11-sinf o‘quvchilari uchun har oyda kamida 2 marotaba startap g‘oyalarni yaratishga o‘rgatuvchi “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilishi, bunda: o‘quvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi, tuman darajasidagi g‘oliblarga 5 mln so‘mgacha, viloyat darajasida – 10 mln so‘mgacha miqdorda mukofot beriladi; loyihalar har chorakda o‘quvchilarning ota-onalari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga taqdimot qilinadi; marketpleyslar bilan hamkorlik o‘rnatib, ta’lim tashkilotlarida yaratilgan mahsulotlarni sotish yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
2026-yil 1-apreldan muammo va masalalarni kraudsorsing asosida hal qilishning quyidagi tizimi joriy etiladi: davlat organlari, tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar o‘z sohasidagi yechim talab qilayotgan muammo va masalalar bo‘yicha: kraudsorsing elektron platformasida e’lon joylashtirib, tanlov tashkil qiladi; har oyda startap tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar (“Startap kuni”) o‘tkazadi.
“Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkazilishi, 2026-yildan har yili startap loyihaga aylantirish salohiyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarni aniqlash bo‘yicha “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladi va g‘oliblarga 100 mln so‘m grant beriladi; respublika bosqichi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi, mukofot jamg‘armasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 10 mlrd so‘m etib belgilanadi.
2026-yil 1-sentyabrdan oliy ta’lim tashkilotlarida “Oliygohlar – startaplar generatori” dasturi amalga oshiriladi. Bunda: oliy ta’lim tashkilotlarida IT-park va venchur jamg‘armalar bilan hamkorlikda talabalar akseleratorlari joriy etiladi; talabalar uchun nufuzli xalqaro akseleratorlar va universitetlar bilan stajirovka va almashinuv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi; oliy ta’lim tashkilotlariga talabalar va ilmiy xodimlarning istiqbolli startap loyihalariga inkubatsiya markazlari va talabalar akseleratorlari orqali har bir loyihaga 20 ming AQSh dollarigacha ekvivalentda o‘z mablag‘larini investitsiya qilish huquqi beriladi; talabalar akseleratorlarida “startap menejer” va “startap treker” lavozimlari ko‘zda tutilganligini ma’lum qildi.
Shuningdek, o‘quv-seminarida “Korrupsiyaga qarshi kurash – kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa”mavzusida ma’ruza tinglandi.





