28/04/2026

Joriy yilning 24-aprel kuni Farg‘ona shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limii xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi bosh yurist konsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibidagi masallalar yuzasidan ma’ruza qildi. Unga ko‘ra, endilikda uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari ajratiladi. Bu borada joriy yilning 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-66-son Farmon qabul qilindi. Farmon кўра, 2026–2030- yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlaнлиги hamda uning ustuvor yo‘nalishlari belgilanлиги, 2026-yil 1-iyulgacha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarning yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborilishi, olis va chekka hududlarda xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish uchun foizsiz qarz (ssuda) ajratilgan va faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan subyektlarga BHMning 730 baravarigacha miqdorda foizsiz qarz (ssuda) ajratib borilishi, 2027-yil 1-yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratish yo‘lga qo‘yilishi, ipoteka dasturi doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismi Davlat budjetidan qoplab berilishi haqida ma’ruza qildi. Shu bilan birga, “Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti joriy etilganligi, 2027-yildan har 2 yilda 1 marta 12 avgust – Xalqaro yoshlar kuni arafasida “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressi o‘tkazilishi, 2026-yildan har yili sentabr oyida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida milliy urf-odatlarga tayanib, yuksak madaniy-estetik me’yorlar hamda xavfsizlikni ta’minlagan holda “Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri” shiori asosida umummilliy yoshlar festivalini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yilishi, 2026-yildan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan yosh ijodkorlarni rag‘batlantirish maqsadida “Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti joriy etilganligi haqida ham tushunchalar berildi.

Shuningdek, joriy yilning 20-aprel kuni “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi ishga tushiriladi “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini 2026–2027 yillarda amalga oshirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-148-son Prezident qarori qabul qilinganligi, qarorga ko‘ra, 2030-yilga qadar 20 ming nafar yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitishga mo‘ljallangan Yoshlar ishlari agentligining “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi ishga tushirilishi, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda xususiy sektor bilan shartnoma asosida hamkorlik qilinishi, “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida o‘qitish uchun yoshlar saralab olinishi, dastur doirasida biznes loyihasini ishlab chiqish, sotuvga chiqish va bozorni kengaytirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oluvchi tadbirkorlik asoslari bo‘yicha bilimlar berib borilishi, loyiha yakunida yoshlarning bilimlari sinovdan o‘tkazilib, ijobiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan eng yaxshi 1 ming nafar yoshlarga Yoshlar ishlari agentligining sertifikati berilishi, sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarga BHMning 500 baravarigacha miqdorda Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga ssuda ajratilishi ko‘zda tutilganligi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.


Axborot xizmati.