27/04/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra,2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida eng yuqori ulush “Savdo” tarmog‘iga to‘g‘ri kelmoqda. Mazkur sohaning ulushi jami korxonalar orasida 33,5 foizni, “Sanoat” tarmog‘i 16,2 foiz ulush bilan ikkinchi o‘rinni, “Qurilish” sohasi esa 6,0 foiz ulush bilan uchinchi o‘rinni egallagan. Umuman olganda, qayd etilgan uchta asosiy faoliyat turi korxona va tashkilotlarning umumiy sonida 50 foizdan ortiq ulushni egallab, hudud iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutmoqda.