Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–avgust oylarida viloyatda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 7 000,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Hisobot davrida mazkur xizmatlarning o‘sish sur’ati 2025- yilning mos davriga nisbatan 119,6 % ni tashkil etdi.
Moliyaviy xizmatlar bozori kengaymoqda. Ushbu ko‘rsatkich viloyatda bank, sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlar sohasidagi iqtisodiy faollik ortib borayotganini aks ettiradi.




