Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–avgust oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga 69,6 ming tonna shaftoli eksport qilindi.
Eksport qilingan shaftolining umumiy qiymati 69,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 3,8 ming tonnaga kamaygan.
Farg‘onada yetishtirilayotgan shaftoli tashqi bozorlarda xaridorgir mevalardan biri bo‘lib, uning eksporti viloyatning tashqi savdo salohiyatini mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda.




