17/11/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida viloyatda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 154,6 ming tonna poliz ekinlari yetishtirildi.

 Mazkur ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 103,3 foizni tashkil etib, ishlab chiqarish hajmi 3,3 foizga oshdi.

 Poliz ekinlari yetishtirishda Qo‘shtepa tumani yetakchilik qildi. Ushbu tumanning viloyat umumiy hajmidagi ulushi 13,8 foizni tashkil etdi.

 Yuqori ulushga ega hududlar:

 Qo‘shtepa tumani — 13,8 %;

 Oltiariq tumani — 13,0 %;

 Buvayda tumani — 10,3 %;

 Beshariq tumani — 10,2 %;

 Dang‘ara tumani — 8,2 %.