Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida viloyatda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 559,9 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirildi.
Mazkur ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 103,9 foizni tashkil etib, meva va rezavorlar yetishtirish hajmi 3,9 foizga oshdi.
Meva va rezavorlar yetishtirishda Quvasoy shahri yetakchilik qildi. Uning viloyat umumiy hajmidagi ulushi 14,8 foizni tashkil etdi.
Yuqori ulushga ega hududlar:
Quvasoy shahri — 14,8 %;
Farg‘ona tumani — 12,0 %;
O‘zbekiston tumani — 8,4 %;
Quva tumani — 8,3 %;
Rishton tumani — 7,0 %.




