Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yil 1- sentabr holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 39,9 mingtani tashkil etdi.
Tashkiliy-huquqiy shakllar bo‘yicha mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) yetakchi o‘rinni egallab, ularning soni 24,7 mingtaga yetdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalarining qariyb 61,9 foizi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Viloyatda tadbirkorlik faoliyati mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, xususiy korxonalar, oilaviy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari hamda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshirilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar viloyatda tijorat faoliyatini yuritishning eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi.




