Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–avgust oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga 322,1 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.
Mazkur ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 12,4 ming tonnaga yoki 3,9 % ga oshdi.
Meva-sabzavot eksportining qiymati 259,6 mln AQSH dollariga yetdi.Hisobot davrida eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining umumiy qiymati 259,6 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2025- yilning mos davriga nisbatan 11,4 % ga ko‘paydi.
Jami eksportdagi ulushi — 35,9 %.Meva-sabzavot mahsulotlari viloyat eksporti tarkibida muhim o‘rin egallab, umumiy eksport hajmining 35,9 % ini tashkil etdi.
Tahlillarga ko‘ra, meva-sabzavot eksportining ham miqdor, ham qiymat jihatidan o‘sishi viloyat tashqi savdo ko‘rsatkichlarida ushbu mahsulotlar ulushi salmoqli ekanini ko‘rsatmoqda.




