19/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Qo‘shtepa tumanida 225,5 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Hisobot davrida sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,1 foizni tashkil etib, sohada 9,1 foizlik real o‘sish qayd etildi. Bu esa tumanda ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanilayotgani va sanoat tarmoqlarining izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Sanoat sohasida erishilgan natijalar yangi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiyotdagi faolligi ortib borayotgani bilan izohlanadi.