Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–aprel oylarida Qo‘qon shahrida qurilish sohasida sezilarli natijalarga erishildi.
Hisobot davrida shaharda faoliyat yuritayotgan 204 ta qurilish tashkiloti tomonidan jami 295,6 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,4 foizni tashkil etib, qurilish sohasida ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatilayotganini ko‘rsatadi.
Bajarilgan qurilish ishlari tarkibida:
yirik korxonalar hissasi – 26,3 milliard so‘m;
kichik korxona va mikrofirmalar hissasi – 193,4 milliard so‘m;
norasmiy sektor hissasi – 75,9 milliard so‘mni tashkil etdi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, qurilish ishlari hajmida eng katta ulush kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri kelmoqda.




