Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Oltiariq tumanida jami 564,4 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 foizga oshib, tumanda sanoat tarmoqlarining izchil rivojlanayotganini namoyon etmoqda.
Ishlab chiqarish korxonalarida zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hamda yangi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi sanoat hajmining o‘sishiga xizmat qilmoqda.
Sanoat sohasidagi barqaror o‘sish Oltiariq tumanining iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muhim hissa qo‘shmoqda.




