Quvasoy shahrida biznesni ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik doirasida mahallalar va aholi gavjum hududlarda targ‘ibot-tushuntirish hamda amaliy mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, Cho‘lpon MFY, Mirzo Ulug‘bek MFY hamda X . Olimjon MFYda hokim yordamchilari, Quvasoy shahar bozori ma’muriyati va xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari ishtirokida uchrashuv va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ishtirokchilarga biznesni ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati, uni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, jarayonda bajariladigan asosiy vazifalar hamda ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq shakllantirish bo‘yicha zarur tushuntirish va amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur tadbirlar biznesni ro‘yxatga olish jarayoniga jalb etilgan mas’ullarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda ro‘yxatga olish ishlarini hududlarda sifatli tashkil etishga qaratilgan.




