21/09/2026

 Farg‘ona tumanida biznesni ro‘yxatga olish tadbirini sifatli tashkil etish, mas’ul xodimlarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash  maqsadida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026- yil 10- sentabrdagi “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–190-son Farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda.

 Ishtirokchilarga biznesni ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati, uni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, shuningdek, jarayonda hokim yordamchilarining asosiy vazifalari tushuntirildi.

 Amaliy mashg‘ulotlarda planshet qurilmalari orqali elektron shakllarni to‘ldirish, ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritish tartibi amaliy misollar asosida ko‘rsatib berilmoqda.