21/09/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–iyul oylarida viloyatdan xorijiy mamlakatlarga jami 258,1 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.

 Meva-sabzavot eksportining jismoniy hajmi 2025- yilning mos davriga nisbatan 3,4 % ga yoki 8,5 ming tonnaga ko‘paydi.

 Hisobot davrida eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining umumiy qiymati 204,5 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

 Mazkur ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 13,8 % ga oshgan.

 Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti viloyat jami eksportining 33,2 % ini tashkil etdi. Ya’ni, 2026- yilning yanvar–iyul oylarida Farg‘ona viloyati eksportining qariyb uchdan bir qismi meva-sabzavot mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.